«MYu» bosh murabbiyiDevid Moyes «Tottenxem»ga qarshi o’yinda simulyatsiya qilganlikda ayblanib, tanqidqilinayotgan Adnan Yanuzayni oqlab chiqdi.
«Bu meni mutlaqotashvishga solmaydi. U juda iqtidorli futbolchi. Adnan mamlakatning eng kuchli futbolchilaridanbiri bo’lishiga shubha qilmayman.
Yodimda, KrishtianuRonaldu haqida ham xuddi shunday gaplarni aytishgandi. Men aslo Yanuzayni Ronaldubilan solishtirmayapman. Yigitcha endi 18 yoshga to’ldi. U hali o’sishda davom etadi.O’yinni yaxshiroq tushunadi. Menimcha «Tottenxem»ga qarshi o’yinda hakam unga sariqkartochka ko’rsatib nohaqlik qildi.
Men har doim simulyatsiyaga qarshi bo’lgan birinchiinson bo’lib kelganman. Bu muammoni ham hal qilishga urinib ko’raman. Shu bilanbirga nohaqlik qilinayotgan futbolchilarimni himoya qilishda ham davom etaman. O’shanda hakam noto’g’ri qaror qabul qilgan edi», — deydi murabbiy.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.