Янгиликлар /

Yanuzay Kosova termasi taklifini rad etdi

Мақола нашр қилинди

Britaniyaning The Telegraph nashrining xabar berishicha «Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay Kosovo Futbol federatsiyasinng terma jamao tarkibida ilk uchrashuvda maydonga tushishi yuzasidan yuborgan taklifga rad javobini bergan. Nashrning rasmiy korrespondenti Mark Ogdenning so‘zlariga ko‘ra Yanuzay 2017 yilga qadar xech qaysi terma jamoa tarkibida maydonga tushmoqchi emas. 2017 yildan esa u Angliya terma jamoasida o‘ynash xuquqiga ega bo‘ladi.Bu xaqiqada «Yunayted» yarim himoyachisining otasi Abedin Yanuzay quyidagi fikrlarni bildirgan.«Ha men Kosovada tug‘ilganman, lekin u yerda hozir vaziyat juda og‘ir darajada. FIFA ham buni yahshi tushunib turibdi».«O‘ylashimcha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson kelajakdagi terma jamoa tarkibida Adnan o‘ynashi mumkin ekanligini bildirgan.Avval ham Albaniya va Belgiya terma jamoa vakillariga aytib o‘tganimdek, biz hozir bu masala bo‘yicha shug‘ulanmoqchi emasmiz. Xozirda Adnanning asosiy maqsadi «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida samarali o‘yin ko‘rsatishdir».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.