Янгиликлар /

«MYu» yozda AQSH ga safar qiladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi kelasi mavsum oldi turnesini AQSh o‘tkazadigan bo‘ldi. Rsmiy xabarga ko‘ra jamoa u yerda Italiyaning ikki jamoasi «Roma» va «Inter» jamoalari bilan maydonga chiqishadi.Rimning «Roma» jamoasiga qarshi Angliya chempioni 26 iyul kuni Denverdagi «Sports Autoriti Fild» stadionida maydonga tushsa, Milanning «Inter» jamoasi bilan esa 29 iyul kuni Vashingtonda joylashgan «Fedeks-Fild» stadionida uchrashadi.So‘ngi bora «Yunayted» «Roma» jamasi bilan Chempionlar Ligasining 2007/2008 mavsumida maydonga tushib ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida g‘alaba qozonib chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.«Inter» jamoasiga qarshi esa Chempionlar Ligasining 2008/2009 mavsumining 1/8 bosqichida kurashgan Aleks Fergyusonning jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.