Янгиликлар /

Fergyuson: Ronaldu 150 million funtga loyiq edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘z vaqtida Krishtianu Ronalduni «Real»ga qimmatroq narhga sotmaganidan afsuslanishini aytib o‘tdi.«Meni xafa qiladigan va men eslashdan to‘xtamaydigan yagona narsa — «MYu» sobiq ijrochi direktori Devid Gillning yetarlicha faollik ko‘rsatmagani. Men unga: «Ronaldu uchun 150 million funt (180 million yevro) so‘ra», deb aytgan edim. Ammo u: «Bu qadar sodda bo‘lma. Bizga hyech qachon 150 million funt berishmaydi», — deya javob bergan edi.Ammo mening ishonchim komil, Peres shuncha pulni ham to‘lagan bo‘lardi», — deydi Fergyuson.Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Real» tarkibiga 80 million funt (96 million yevro) evaziga o‘tgan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.