Янгиликлар /

van der Sar: Bizni ajoyib uchrashuvi kutib turibdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Edvin van der Sar UEFArasmiy saytiga bergan intervyusida mankunianliklarning Chempionlar ligasi 1/8 finalbosqichi «Real»ga qarshi uchrashuvi juda qiziq bo‘lishini ta’kidladi.

«Albatta bizni ko‘plab ajoyib uchrashuvlar kutib turibdi. Ikkala jamoa futbolchilariva murabbiylari turnirning keyingi bosqichlarida to‘qnash kelishni istashgan bo‘lishlaritabiiy. Ammo qur’a buning aksini ko‘rsatdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham guruhda birinchio‘rinni qo‘lga kiritish kerak edi.
Umuman chiroyli juftlik bo‘ldi, ayniqsa muxlislar uchun. Ular Ronalduni yana «OldTrafford»da ko‘rishadi. Jamoalar ustozlari ham bir-birlarini hurmat qilishadi. Biznig‘aroyib to‘qnashuv kutmoqda», — deydi van der Sar.
Manba: fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.