AQShda mavsum oldi turnesida ishtirok etayotgan «Manchester Yunayted» Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining final uchrashuvida ishtirok etish uchun Mayyami shahriga tashrif buyurdi. Jamoa 5 avgust kuni final uchrashuvida «Liverpul» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.Jamoaning Mayamidagi dastlabki mashg‘ulotlar vaqtida «Real Madrid» ga qarshi uchrashuvda jarohat tufayli maydonga tushmagan Kris Smolling ishtirok etdi. «Real» bilan uchrashuvda jarohat olgan Denni Uelbek esa mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.Asosiy guruh mashg‘ulotlarni yakuniga yetkazgandan so‘ng jamoaning bir qator futbolchilar Kagava, Uill Kin, Djeyms, Nani, Smolling, Blekett, Lingard va Zaxa qo‘shimcha mashqlarni bajarishdi.
Янгиликлар /
Turne-2014: Smolling safga qaytdi
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.