Янгиликлар /

Van Gal: Bizda jamoaviy ruhiyat a’lo darajada

Мақола нашр қилинди

AQShda bo‘lib o‘tgan turneda ishonchi ishtirok etgan «Manchester Yunayted» jamoasi yakunda Xalqaro chempionlar kubogi sohibiga aylandi. Jamoa hozirada AQSh turnesini yakunlab Manchesterga qatib keldi. Jamoaning rasmiy MUTV telekanali jamoa bosh murabbiyi Lui van Galdan AQSh turnesi yakuni va jamoaning bugungi holati yuzasidan intervyu oldi.«Bizda hozirda jamoaviy ruhiyat a’lo darajada. Menga ushbu jamoa bilan ishlash tobora yanada yoqib bormoqda, chunki jamoa uchun muhim bo‘lgan jixat yagona kollektivlik bizda yaxshi shakillanmoqda. «Liverpul»jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida foydali va yaxshi o‘yin namoyish qila oldik, ushbu o‘yinni dastlabki daqiqalardan namoyish qila olsek yanada a’lo bo‘lardi».«Ushbu turne menga o‘ziga xos sovg‘alarni taqdim etdi. AQSh da o‘tgan turnedan to‘laqonli qoniqish xosil qildim. Biz o‘tkazgan barcha uchrashuvlarga umumiy tarzda 350 mingdan ziyod muhlis tashrif buyurdi va ularning ko‘pgina qismini «Manchester Yunayted» ning muhlislari tashkil qildi. Barchalari jamoaning qizil libochida. Bu juda ajoyib holat».«Albatta, yangi mavsum endi start beriladi. Maruan Fellayni, Adnan Yanuzay va Nika Pauell biz bilan yig‘inlarda ishtirok eta olishmadi. Robin van Persi esa mashg‘ulotlarni dushunba kunidan boshladi, shunday ekan biz haliq to‘liq tayyor emasmiz. Mayli oldimizda yana ko‘plab mashg‘ulotlar bor, ulardan imoni boricha to‘laqonli foydalanishga xarakat qilamiz».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.