«Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal bilan bog‘liq vaziyat yana qizg‘in tus olmoqda. Vidal hozirda jamoasi bilan mavsum oldi Osiyo turnesida ishtirok etmoqda.
«Qizil iblislar» futbolchi uchun 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishmoqda. Futbolchi agar ushbu shartnomaga rozilik bildirsa 5 yil ichida 60 million yevro ishlab olishi mumkin.
Avvalroq, «Yuventus» rahbari Juzeppe Marotta futbolchini transferga qo’yilishi uni o’ziga bog’liq, agar sportchi jamoani tark etishni hohlamasa u klubda qoladi degan edi.
Vidal maydonni bir nechta chiziqlarida o’ynay olish imkoniyatlariga ega. Himoya, markaziy yarim himoya, qanotlardan hujumga o’tishi va hujumchi o’rnida ham harakatlana oladigan universal futbolchi bo’lganligi uchun ham Lui van Gal unga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Yuventus» ga Germaniyaning «Bayer» jamoasidan 2011 yil 10,5 million yevro evaziga o’tgan. 3 yil ichida futbolchi uchun qo’yilgan narx 6 barobar oshdi. 3 bor Italiya chempioni «oq-qoralar» tarkibida 96 uchrashuvda qatnashib 28 marotaba gol urgan. Chili terma jamoasida esa 57 uchrashuvda qatnashib 8 bora raqib darvozabonlarini ranjitgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.