Янгиликлар /

Skoulz:«MYu» ga qiyin bo‘lishi aniq

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Pol Skoulz yangi mavsumda chempionlik uchun kechadigan kurash haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
««Manchester Yunayted»ga yangi mavsumda qiyin bo‘lishi aniq. YEChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish esa haqiqatga yaqinroq. Jamoa qanday futbolchilarni yo‘qotganini unutmang — Ferdinand, Vidich, Evra, Giggz — bu futbolchilar 30 dan ortiq sovrinlarga ega chiqqan edilar».
«Himoya katta yo‘qotishga uchragan. Jons, Smolling va Evans chempionlik uchun kurashgan futbolchilar, ammo endi ular katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari lozim. Bu o‘rinda eng muhimi — jismoniy holat. Har uchchalasi ham jarohat olgan».
«O‘ylashimcha, kurash «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘rtasida kechsa kerak. Har ikki klub ham jiddiy transferlarni amalga oshirdi. yeChLning qolgan ikki yo‘llanmasi uchun esa «Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» kurash olib boradi», — deydi Skoulz.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.