«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz hujumchi Ueyn Runi yevro-2016 saralash uchrashuvlari doirasidagi Angliya – Shveytsariya uchrashuvida yarim himoya chizig‘ida o‘ynashi kerak ekanini aytdi.
«Ko‘rinib turibdi-ki, bizda hujum chizig‘idagi uch futbolchini uzatmalar bilan ta’minlab turadigan yarim himoyachi yo‘q».
«Bu juda og‘ir qaror, biroq men Runinini yarim himoya chizig‘ida maydonga tushirgan bo‘lar edim. Ueyn — jamoaning eng yaxshi assistenti. Bu chiziqda u barchadan ko‘ra yaxshiroq o‘ynay oladi».
«Umuman men jamoamda ikkita Runi bo‘lishini istardim: Biri uzatma beruvchi, biri — hujumni yakunlovchi», – deydi Skoulz.
Angliya va Shveytsariya o‘rtasidagi uchrashuv dushanba, 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Янгиликлар /
Skoulz: Men ikkita Runi bo‘lishini istardim
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.