Янгиликлар /

Ernandes: «MYU» yaxshi holatda turibdi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» hujumchisi Xaver Ernandes APL 19-turi «Nyukasl»ga qarshi uchrashuv(4:3)haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu haqiqatda o‘zgacha bo‘ldi. Jamodoshlarim, klub personali, murabbiy va muxlislarbarisi – shu vaziyatni kutishdi, vaqt kelgach, stadion ishqibozlar emotsiyasidanlarzaga keldi. Agar biz titulni yutmoqchi bo‘lsak, o‘yin oxirigacha kurashishimizlozim. Har safar, barcha uchrashuvlarda so‘nggi daqiqalargacha jang olib borishimizkerak. Bu bilan faxrlanamiz. «Yunayted» tarixi uchrashuv yakunlanguniga qadar taslimbo‘lmaslikni barchaga isbotlab qo‘ygan.
Biz qulay vaziyatda turibmiz, lekin bu vazifani uddaladik degani emas. Hali oldindaancha qiyin kechadigan safar va uy uchrashuvlari bor, ushbu tempni saqlab qolishimizlozim. «Siti» bilan oramizdagi farq kuchimizga ishonchni orttirmoqda, ammo biz harbir o‘yinda g‘alaba qozonib, 3 ochko olishni maqsad qilganmiz», — deya meksikalikfutbolchi so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

Manba: fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.