Янгиликлар /

Adidas, shu ishing jiddiymi?

Мақола нашр қилинди

Adidas kompaniyasi ayollar uchun mo‘ljallangan «Manchester Yunayted» klubining suvenir futbolkalarining oldini erkaklarnikiga nisbatan o‘ta ochiq chiqargani uchun tanqidga uchradi. Bazi muxlisalarning fikricha, futbolkaning tepa qismi juda chuqur qirqimga ega. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

«Adidas, shu ishing jiddiymi? Nima uchun ayollar futbolkasi erkaklarnikiga nisbatan ochiq ishlangan? Bizlardan ba’zilarimiz hammaga siynamizni ko‘rsatish istagida yonmaymiz», deb e’tiroz bildirdi klubning muxlisalaridan biri tvitterda.

Adidas’ning yangi sport kolleksiyasi avgust boshida sotuvga chiqarilgan edi. Kiyimlarning asosiy qismi «Manchester Yunayted» futbolchilari maydonga tushadigan sport kiyimining aynan o‘zini takrorlaydi.

«Adidas assortimentida «Manchester Yunayted» futbolchilari maydonga tushadigan futbolkaning aynan o‘ziga o‘xshash nusxasi bilan bir qatorda ayollar uchun ishlab chiqarilgan erkin uslubdagi futbolka ham mavjud.

Tadqiqotlar natijalariga asoslanib, ayollar uchun futbolkaning dizayni asl dizayndan o‘zgacha ishlangan edi. Bu klub muxlisalariga tanlash imkoniyatini beradi”, deb izoh berdi ushbu holatga kompaniya matbuot xizmati.

Kolleksiya 2014 yilning iyulida klub bilan Adidas o‘rtasida tuzilgan, 10 yilga mo‘ljallangan 750 mln funt sterlingli shartnoma reklama kampaniyasining bir qismi sifatida chiqarilgan. Ushbu shartnoma jahon futboli tarixidagi eng katta qiymatga ega shartnoma bo‘ldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.