Янгиликлар /

Roy Kin tadbirda qatnashmaydi

Мақола нашр қилинди

Devid Bekxem Buyuk Britaniya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi hayriya uchrashuvida Roy Kin ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

«Biz uchrashuvga Royni taklif qildik, lekin u hozirda terma jamoada ishi borligini aytdi. Shuningdek bunday muammo biz tarkibda ko‘rishni istagan boshqa futbolchilar bilan ham ro‘y berdi. Royga telefon qildik, lekin u band ekan» — Bekxem so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Daily Mail nashri.

Kin ushbu tadbirda Fergyuson ham ishtirok etishi sababli taklifni rad qilgan. Sobiq ustoz shogirdning hozirdagi o‘zaro aloqalari yaxshi emas. Shu sababli Kin tadbirda ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin degan taxmin bildirilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.