Янгиликлар /

Giggz va Nevill “Hall of Fame” zalida

Мақола нашр қилинди

Chorshanba kuni kechqurun «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilari Rayan Giggz va Gari Nevill Milliy futbol muzeyining “Hall of Fame” zalidan o‘rin olishdi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

“Hall of Fame” zalida bundan avval ham «Manchester Yunayted» jamoasining mashhur murabbiy va futbolchilari Djordj Best, Erik Kantona, ser Bobbi Charlton, Dunkan Edvards, Denis Lou, ser Mett Basbi, ser Aleks Fergyuson, Peter Shmeyxel, Roy Kin, Mark Xyuz, Nobbi Staylz, Devid Bekxem, Pol Skoulz, Teddi Sheringem, Maykl Ouen va Krishtianu Ronaldu o‘rin olishgan edi.

Milliy futbol muzeyi Manchester shahrida joylashgan bo‘lib bu yerda barcha davrlarda futbolga o‘zining katta hissasini qo‘shgan futbol afsonalari o‘rin oladi

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.