Янгиликлар /

LVG: Tanqid zarar yetkazmaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal klubning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz haqida fikrlarini bildirdi.

«Men uning fikriga qo‘shilmayman, ammo o‘zimni himoya qilmayman ham. Skoulz klub afsonasi hisoblanadi va uning o‘ziga yarasha obro‘yi bor. Ammo sen afsona bo‘lsang, klub haqida avval murabbiy bilan yoki hech bo‘lmasa o‘z do‘sting Rayan Giggz bilan gaplashib olishing lozim. Yana ijrochi direktor Ed Vudvord ham bor. Pul uchun har narsa deyaverish esa yaxshi emas.

Inglizlarda bir gap bor: «Tayoq va tosh suyagimni sindirishi mumkin, ammo gap bilan menga zarar yetkaza olmaydilar», deydilar. Ajoyib gap. Menga ham tanqid hech qanday zarar yetkazmaydi», — deydi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.