Patris Evra sobiq ustozi Aleks Fergyuson Krishtianu Ronaldu mankunianliklar safiga qaytishiga ishonganini aytib o‘tdi.
«Yodimda, Fergyuson iste’foga chiqqunga qadar ikki hafta qolganida u bilan gaplashgan edik. U menga: «Patris, men klubda yana besh yil ishlayman», degandi.
Men esa: «Ha, boss. Keling, shunday qila qolaylik» deya javob bergandim. Men unga ishongandim. U yil o‘tgani sari yanada yoshroq ko‘rinayotgandi. Fergyuson hatto Ronaldu «MYu»ga qaytishiga 99 foiz ishonishini ham aytgandi.
Men esa: «Vau!» degandim holos. Biz u bilan YeChLda yana g‘olib chiqishni rejalashtirayotgandik.
Ammo keyin nima bo‘lganini hamma yaxshi biladi. Dunyo ag‘dar to‘ntar bo‘lsa o‘zingizni qanday his qilardingiz? Men uchun ham Fergyusonning iste’fosi shunday bo‘lgan edi», — deydi Evra.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.