Янгиликлар /

OAV: LVG KECHIR BIZNI ILTIMOS!

Мақола нашр қилинди

Kecha, 23 dekabr kuni «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasidagi «Stok Siti»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, ingliz jurnalistlarini o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilganlikda ayblab, ular o‘zidan uzr so‘rashi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

U matbuot anjumani vaqtida bor yo‘g‘i 2 ta savolga javob qaytarib, 5 daqiqa ichida zaldan chiqib ketgandi.

«Meni iste’foga chiqarishibdi, bu haqida o‘qidim. Bu xonada hech kim mendan uzr so‘rash kerakligini his qilayotganlar yo‘qmi?», degandi u.

Bugun Sun nashri muqovasida ingliz nashrlari nomidan van Gaaldan uzr so‘raldi.
Gazeta muqovasida quyidagi so‘zlarni ko‘rish mumkin.

 «LVG uzr so‘rashni talab qildi. Mana marhamat: «KEChIR BIZNI ILTIMOS!»

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz ketma-ket oltinchi uchrashuvda g‘alaba qila olmadingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz birinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa quladingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz YeChLdan uchib ketdingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz muxlislaringizga jahannamiy zerikarlilik «tuhfa etdingiz»!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz buning barchasi uchun 250 mln yevroni havoga uchirdingiz!

«Yunayted»ning hurmatli muxlislari, biz chin dildan uzr so‘raymiz, negaki u hamon o‘z postida qolmoqda!

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.