«Manchester Yunayted» himoyachisi 26 yoshli Matteo Darmian jamoani tar etish niyati yo‘qligini takidlab o‘tdi. OAV lar tomonidan Darmian Turinning «Yuventus» jamoasi safiga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
«Men bu yerda baxtliman, jamoa, xodimlar va shahar menga juda yoqadi. Baxtliman, shunday ekan xech qanday mish-mishlarga ahamiyat bermaslik lozim. Men faoliyatimni shu yerda davom ettiraman»
«Mening fikrimcha o‘yinimdan murabbiy ham rozi. Kundan kunga o‘yinimizni kuchatirib boramiz, murabbiy menga doim imkoniyat bermoqda. Jamoamga o‘yinim orqali yordam berish niyatidaman».
Matteo dastlab mavsumni o‘ng qanot himoyachisi sifatida boshlagan edi. Lyuk Shou jaroxat olgandan so‘ng murabbiy uni chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirmoqda. «Sheffild Yunayted» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda italiyalik futbolchi yana o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushdi va chiroyli o‘yin namoyoish qildi.
«Men uchun o‘ng qanotda to‘p surish qulay. Lekin chap qanot ham menga noqulaylik tug‘dirmaydi, murabbiy qaerda o‘ynashimni istasa, men o‘sha yerda o‘ynashga tayyorman. Maydonga chiqar ekanman bor kuchim bilan harakat qilaman»,-deydi Darmian Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.