«Manchester Yunayted» Shimoliy Amerikaning Gulf Oil International neft kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Bunday uch yillik homiylik shartnomasi, Premer Ligadagi bunday kompaniya bilan ilk bor ro‘y berishi. Gulf Oil vitse-prezidenti Frank Rutten va «Manchester Yunayted» jamoasi tijorat direktori Djeymi Reygl jamoaning mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurib, asosiy tarkib futbolchilari bilan uchrashishdi.
Gulf Oil Texasning mashhur neft kompaniyasi hisoblanib 1901 yildan buyon foliyat olib keladi. Jahon bozoriga texnik moy va yoqilg‘i yetkazib beradi. Endilikda kompaniya belgisi Premer Liga, Angliya Kubogi va Liga Kubogi musobaqalarida «Old Trafford» tablosida aks etadi.
Gulf Oil International «Manchester Yunayted» bilan tuzilgan shartnoma orqali o‘zining biznesini Osiyoda keng tarmoqlarda namoyish qilish niyatida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.