Янгиликлар /

Van Persi: «Liverpul» hali ham xavfli

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» hujumchisi va to‘purari Robin Van Persi o‘z jamoadoshlarini «Liverpul»gaqarshi o‘yinda ancha xushyor bo‘lishga chaqirmoqda.

So‘nggi yillarda«MYU» va «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘z printsipialligini yo‘qotgandek.Ayni vaqtda jamoalar turli o‘rinlar uchun kurashishmoqda, oradagi farq — 21 ochko.Ammo Van Persi «Qizil iblislar» kontsentratsiyani yo‘qotmasliklari kerakligini ta’kidladi.

«Bizning turnirjadvalidagi ustunligimiz — atigi yetti ochko, vaziyat esa o‘yindan o‘yinga o‘zgaribborishi mumkin. Oldinda mavsumning qolgan yarmi kutmoqda, deyarli har bir jamoabilan bittadan uchrashuvimiz bor. Hech narsa hal bo‘lmagan va buyog‘iga qiyin bo‘ladi».

«Dam olish kuni«Liverpul» bilan o‘yin bor va bu biz uchun muhim uchrashuv. Uch ochko uchun kurashamiz.Bu derbiga o‘xshaydi, chunki jamoalar ko‘p yillar davomida printsipial raqib bo‘lishgan.Bu to‘qnashuv boy tarixga ega, o‘tmishda ushbu jamoalar ishtirokidagi ajoyib o‘yinlarguvohi bo‘lganmiz. «Liverpul»da ajoyib jamoa mavjud, ular bizning ishimizni qiyinlashtiraolishadi».

«Mersisaydliklardaikki yoki uchta jahon miqyosidagi yulduz futbolchilar bor va ularni yaxshilab qo‘riqlashlozim. Bundan tashqari o‘zimizdan talab etiladiganini ham bajarishimiz ya’ni g‘alabaqozonishimiz kerak», — deydi Van Persi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.