«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin gollandiyalik mutaxassis Lui van Galning jamoada yana bir yil qolishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» 21 may kuni Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas» bilan uchrashadi.
«Fergyusondan so‘ng ishlash osonmas, hatto Devid Moyes uchun ham.
Ammo menimcha, «MYu» Kubokni qo‘lga kiritsa (to‘rtinchi o‘rinni olish qiyin), Van Galga shartnomasining oxirgi yilini o‘tkazishiga monelik qiladigan sabab ko‘rmayapman. Van Gal ham shuni istaydi.
Kubokdagi g‘alaba unga xotirjam nafas olishga va kelgusi yilda ishini oxiriga yetkazib qo‘yish imkoniyatini beradi. Men chempionlikni nazarda tutyapman», — deydi Roy Kin.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.