Янгиликлар /

Ibrahimovich «MYu» bilan shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

Gazzetta dello Sport, beIN Sports va CNN muxbiri hisoblanadigan Tankredi Palmerining xabar berishicha, shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bu shartnoma 1 yilga mo‘ljallangan va unda shartnomani avtomatik uzaytirish bo‘yicha band yo‘q.

O‘z navbatida klubda hamkorlikni ikkinchi yilga ham uzaytirish bo‘yicha  taklif berishi mumkinligi aytilgan.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Ibrahimovich yangi jamoasida 1 yilda 17 mln yevro miqdorida maosh oladi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchi yangi jamoasi haqida 7 iyun kuni e’lon qilishini bildirgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.