Янгиликлар /

Mourino 13 futbolchining javobini berishga qaror qildi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»ning amaldagi yangi murabbiyi Joze Mourino ushbu yozgi transferlarda jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatini allaqachon aniqlab bo‘ldi — deya xabar qiladi El Confidencial.

Xabar qilinishicha, yozda 13 futbolchi «Old Trafford»ni tark etadi. Ular Xuan Mata, Bastian Shvaynshtayger, Memfis Depay, Andre Errera, Maruan Fellaini, Antonio Valensiya, Lyuk Shou, Matteo Darmian va yana 4 futbolchining ismi hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino «Manchester Yunayted»ni shu yil 27 may kuni jamoani boshqarib kelgan gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaaldan keyin qabul qilgandi. «Qizil iblislar» ushbu mavsum 66 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 5-pog‘onasidan joy oldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.