«Manchester Yunayted» murabbiylaridan biri Rayan Giggz yaqin vaqt ichida chempionship vakili «Nottinhem Forest» jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.
Manchester Evening News ma’lumotiga ko‘ra, bukmekerlar ushbu 42 yoshli uelslik murabbiyning chempionship jamoasi rahbarligiga tayinlanishi imkoniyatlarini 33/1 dan ½ gacha ko‘tarishgan.
Bundan oldinroq, «MYu»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoga yordamchi murabbiy sifatida uning ko‘p yillik hamkori Ruy Fariya tayinlanishi haqida xabar chiqqandi.
O‘tgan mavsumda «Forest» chempionshipda 16-o‘rinni egalladi.
«MYu» rahbariyati esa o‘tgan yili Lui van Gaalga yordamchilik qilgan Giggz jamoada qolishi va yoshlar bilan ishlab ularning asosiy jamoaga o‘tishiga yordam berishini istamoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.