Янгиликлар /

Joze Mourino va «Yunayted» maqsadlari

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino rasman tanishtirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy «Yunayted»ning maqsadlari haqida gapirdi.

Ser Aleks Fergyusonning rekordlari

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Joze Mourino o‘zining rejalari haqida gapirar ekan ser Aleks Fergyusonning rekordlarini takrorlashni niyat qilganini ta’kidladi.

«Yashirib o‘tirmayman, maqsadim — ser Aleks Fergyusonning rekordlarini takrorlash. Bu oson ish emas. Bu yerda o‘tirishni har qanday murabbiy xohlagan bo‘lardi, lekin bu yerda hozir menman. Omadim bor ekan.

Men umuman asabiylashayotganim yo‘q. Aynan shu mammalaktda, shu jamoada ishlashni xohladim. Afsus, chempionlar ligasida o‘ynamaymiz. «Manchester Yunayted» chempionlar ligasida o‘ynashi kerak bo‘lgan jamoa».

Transfer maqsadlari

«Biz to‘rt futbolchini sotib olishni rejalashtirgan edik. Ulardan uch nafari jamoada. Yana biri qoldi. Men aniq pozitsiyada o‘ynaydigan futbolchilarni yoqtiraman. Shundagina aniq rejalarimni amalga oshirishim mumkin».

«MYu» yozgi transfer oynasi vaqtida «Vilyarreal»dan himoyachi Erik Bayi, «Borussiya D»dan Genrix Mxitaryan va erkin agent sifatida Zlatan Ibrahimovichlarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Keyingi transfer Pol Pogba bo‘lishi kutilmoqda.

Ueyn Runi

«Ha, futbolchi o‘zgarishi mumkin, maydondagi harakatlari o‘zgarishi mumkin, lekin hujumchidagi bir narsa hech qachon o‘zgarmaydi — to‘pni darvozaga yo‘llash. Runi mening jamoamda darvozadan 50 metr uzoqlikda o‘ynamaydi.

Aytishingiz mumkin, Runining paslari juda ajoyib, deb, lekin mening ham paslarim ajoyib. Runi menda markaziy hujumchi bo‘ladi»,- deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.