Янгиликлар /

Zlatan: Runi boshqalar uchun namuna

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamodoshi Ueyn Runi borasida gapirib o‘tdi.

«O‘ylaymanki, barcha yuksak saviyali futbolchilar bir-birlarini tushinib, yaxshi o‘ynab ketishadi. Maydond taktikani murabbiy hal qiladi va men Runi bilan juftlikdan muammo ko‘rmayapman.

Avval ham aytganman: hozir ham aytaman, Runi — boshqalar uchun namuna bo‘ladigan futbolchidir. Men u bilan bir yonma-yon o‘ynashdan xursandman.

U fantastik faoliyatni boshidan kechirmoqda. 12 yildan beri top-klubda shunaqa saviyada o‘ynab turish oson ish emas. Futbolchilar keladi — ketadi. Runi esa har yili ajoyib o‘yin namoyish etmoqda», — deydi Ibrohimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.