Янгиликлар /

Bouen: Balki transfer amalga oshar

Мақола нашр қилинди

«Stok Siti» bosh murabbiyining yordamchisi Mark Bouen «Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jonsga qiziqish bildirayotganliklarini aytib o‘tdi. 

«Yodimda, o‘z vaqtida Sem Ellardays Fil Jonsni yangi Dankan Edvards deb atagan edi. U yoshligida juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi hamda kuchli klub safiga o‘tdi.

Negadir keyinchalik uning ishlari avvalgidek yurishmay qoldi.  Bunga sabab nimadaligini ochig‘i bilmayman, ammo Aleks Fergyuson ham unga ishonch bildirgandi.

Biz har doim futbolchilarni qayta kashf qilishi bilan tanilganmiz. Ko‘ramiz, balki bu transfer ham amalga oshar, — deydi Bouen Stoke Sentinelga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.