Янгиликлар /

«Yunayted» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Мақола нашр қилинди

Angliya Premer-Ligasining 6-turida «Manchester Yunayted» jamoasi o‘z maydonida «Lester»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan boshlab mezbonlar ketma-ket hujumlarni tashkil qildi. 22-daqiqada Kris Smolling burchakdan oshirilgan to‘pdan so‘ng «Lester» darvozasini aniq nishonga oldi, — 1:0. Avvalgi o‘yinlarda zaxirada qolgan Xuan Mata 37-daqiqaga kelganda juda chiroyli tarzda  «mankunianliklar»ning ikkinchi golini urdi, — 2:0. Oradan uch daqiqa o‘tib Markus Reshford tabloga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi, — 3:0. Ketma-ket o‘tkazilgan gollar «Lester»ni shokka tushirdi. Bu esa 42-daqiqaga kelganda yana o‘z aksini ko‘rsatdi. «MYu»ning eng qimmatbaho transferi bo‘lib turgan Pol Pogba boshi bilan «Lester» darvozasini to‘rtinchi bor ishg‘ol etdi, — 4:0.

Ikkinchi bo‘limda «Lester» biroz jonlangan holda futbol ko‘rsata boshladi. Zaxiradan maydonga tushgan Demaray Grey juda chiroyli tarzda David De Xea darvozasini ishg‘ol qilib  hisobdagi farqni qisqartirdi, — 4:1. Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa ham boshqa gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi. Shunday qilib, «Manchester Yunayted» amaldagi chempion «Lester»ni 4:1 hisobida mag‘lub qildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.