Янгиликлар /

Mourino: Bunday muxlislarni ko‘rmagandim

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Futbolchilar g‘alaba uchun barcha zarur ishlarni qilishdi va g‘alabaga haqli bo‘lishdi. Biz natijadan juda xursandmiz».

«O’tgan haftada ishlarimiz yurishmadi, ammo biz professionallarmiz. Salbiy natijalar tufayli muxlislar xafa bo‘lishdi. Shu bois bugungi o‘yin ularni xursand qilish uchun yaxshi imkoniyat edi. Biz buni uddaladik».

«Ha, bugun nisbatan kuchli tarkibni maydonga tashladim. «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli. Bu juda yoqimsiz mag‘lubiyat bo‘lgandi».

«Men hali bunday muxlislarni ko‘rmagandim. Biz o‘sha o‘yinda 0:4 hisobida yutqazayotgandik, ular esa bizni qo‘llab-quvvatlab, qo‘shiq kuylashda davom etishdi. Ularni «Chelsi»ga yutqazib, ranjitganimizdan juda afsusdaman».

«3 mavsumdan buyon yaxshi natijalarga erisha olmayotgan bo‘lsada, «MYu»ga muxlislarning muhabbati juda katta. Biz buning uchun minnatdorchilik bildirishimiz va g‘alabalar bilan ularga javob qaytarishimiz kerak», – degan Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.