Янгиликлар /

Pogba: Omad bizga kulib boqadi!?

Мақола нашр қилинди

Pol Pogba APL doirasidagi 13-tur, «Vest Hem» qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:1) fikrlarini bildira turib bu mavsumda jamoasiga omad kulib boqmayotganidan nolidi.

«Biz tez orada o‘zimizni la’natlangan deb hisoblashni boshlaymiz. Qaysi jamoa kelishidan qat’i nazar, u «Arsenal» bo‘ladimi, yoki «Vest Hem» to‘liq ustunlikka ega bo‘lmoqdamiz, ammo yuta olmayapmiz. Omad ertami, kechmi, bizga kulib boqadi. Men bunga  va jamoamga ishonaman. Shunchaki kichik jihatlarga ham e’tiborni oshirishimiz kerak», — deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan 13 tur natijalariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 20 ochko to‘plab APL tarixidagi eng yomon natijasini qayd etib turibdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.