Янгиликлар /

Marsiyal «Yunayted»dan ketadimi!?

Мақола нашр қилинди

PSJ klubi fransiyalik yosh hujumchi Antoni Marsiyalni o‘z safida ko‘rmoqchi, deb xabar bermoqda The Sun.

O‘tgan yili 36 million funt evaziga «Monako»dan sotib olingan 21 yoshli futbolchi mavsum davomida «Manchester Yunayted»ning yetakchisiga aylangandi.

Ammo jamoaga Joze Mourino kelgach, Marsiyalning ishlari u qadar yurishmayapti. Bu holat hujumchining Yevropa chempionatida qatnashib, mavsum boshida kerakli sport formasida bo‘lmagani bilan bog‘lash mumkin. Joze Mourino esa, ko‘p bora tarkibda yaxshi futbolchilar ko‘pligini va ularning har biri tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerakligini ta’kidladi.

«Marsiyal «Feyenord» bilan o‘yinga tayyor edi, ammo men 12 futbolchini tushira olmaymanku» – deb qarorini izohlagandi portugaliyalik murabbiy.

Ammo kecha bo‘lib o‘tgan «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda fransuz asosiy tarkibda harakat qildi va ikkita gol urdi. Manchesterdagi ko‘pchilik Marsiyalning eski sport formasini tiklab olishiga va yana jamoaning asosiy kuchlaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Parij futbolchining Angliyadagi faoliyatini diqqat bilan kuzatishda davom etadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.