Янгиликлар /

Millen Baars «Yunayted»da!?

Мақола нашр қилинди

Amsterdamning «Ayaks» jamoasining iqtidorli o‘yinchisi Millen Baars faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradigan bo‘ldi.

«Ayaks» U17ning 16 yoshli sardori «Old Trafford»ga o‘tishi haqida oktyabr oyidayoq ma’lum bo‘lgandi, hozirda bu xabarni uning otasi Stefan tasdiqladi. Baars uchun kurashda «MYu» Londonning «Chelsi» va «Arsenal» jamoalaridan o‘zib ketgan.

««Ayaks» — yoshlar bilan ishlashni ajoyib tarzda o‘zlashtirgan jamoa hisoblanadi. Biroq, Millen yangi sinovlarga tayyorligini bildirgan.

U Amsterdamda to‘qqizta mavsum o‘tkazgan bo‘lsa-da, har doim Angliyada «Manchester Yunayted» uchun to‘p surishni orzu qilgan», — deya Stefan Baars so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.