BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa stadioni bo‘lmish «Old Trafford» da o‘yinlarni tik turib tomosha qilishga mo‘ljallangan yangi sektor yaratish yuzasidan ish olib borishmoqda.
Oktyabr oyida «Yunayted» vakillari «Seltik» stadioniga tashrif buyurib maxsus sektorni qurish ishlarini va xavfsizlik tizimlarini o‘rganib qaytishgan. Tashkil qilinadigan sektor 2975 kishiga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.
Rahbariyat ushbu sektorni «Old Trafford» ning J tribunasida o‘rin olgan «kuylovchi sektorda» da qurishni rejalashtirgan.
1989 yil Xillsborodagi tragediyadan so‘ng jamoa rahbariyatlariga stadionlarini o‘rindiqlar bilan to‘liq ta’minlash majburiyati yuklatilgan edi. So‘nggi paytlarda APL jamoalari tik turib tomosha qilishga mo‘ljallangan sektorlar haqida o‘z rejalarini boshlab yuborishgan.
Bunday sektorlar bo‘lishiga APL jamoalarining deyarli barchasi rozlik bildirgan faqatgina «Everton» jamoasi qarshilik bildirmoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.