Янгиликлар /

Mourino: Shoudan boshqa barcha tayyor

Мақола нашр қилинди

APL 18-turidan o‘rin olgan «Sanderlend» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin mabuot anjumanida ishtirok etgan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa holati borasida ma’lumot berib o‘tdi.

Toni Pyulis ertalab bergan ma’lumotga ko‘ra «Vest Brom» Morgan Shnayderlin borasida rasmiy taklif bilan chiqqan. Bu savolga Joze quyidagicha javob qaytardi.

«Ha… Ha. Morgen haqiqiy professional, fantastik inson. U to‘g‘ri so‘z va ochiq ko‘ngil. U bilan ko‘p marotaba suhbatlashganmiz, agar u doimiy ravishda maydonga tushayotgan bo‘lganida, men yo‘q deya javob berardim, lekin u doimiy o‘ynay olmayotgan ekan uning xech qayerga ketmaydi deyishga haqqim yo‘q. Shunday ekan yaxshi taklif bo‘lsa Morganga qarshilik ko‘rsatmaymiz».

Murabbiy Mxitaryan, Bayi, Shou holati yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.

«Yaxshi yangilik Lyuk Shoudan boshqa barcha uchrashuvga tayyor. Markaziy himoya chizig‘ida hohlagan futbolchini tushirishim mumkin. Smolling safda, Bayi safda, Jons sog‘lom, Roxo sog‘lom, Blind sog‘lom. Bu pozitsiya stabil bo‘lishi jng muhimi. So‘ngi oylarda bu chig‘iqda bizda muammolar bo‘lgan edi, lekin xozir hammasi joyida, faqatgina yanvarda Afrika Kubokogi boshlanguncha bo‘ladigan uchta o‘yinlarga barcha sog‘».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.