Янгиликлар /

Mourino: Ibragimovichga rahmat aytish kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino aytishicha hujumchi Zlatan Ibragimovich «PSJ» dan ketgani uchun fransiyalik muxlislar xursand bo‘lishlari kerak.

Murabbiyning fikricha, shavedsiyalik hujumchining ketishi Liga 1 da (Fransiya chempionati) raqobatning kuchayishiga olib kelgan.

«O‘ylashimcha, fransuzlar Zlatan Ibragimovich PSJ ni tark etganidan xursand bo‘lishlari kerak. Chunki endi ular haqiqiy chempionatga guvoh bo‘ladilar. Ibragimovich bor vaqtda esa chempionat yo‘q edi. Faqat ularda Parij, Parij va yana Parij bor edi. Barcha sovrinlar ularda edi. Endi esa ularda xaqiqiy chempionat bor. Bu chempionatni men ham ko‘rmoqdaman. Men uchun qiziq Balotelli bor «Nissa», do‘stim Jardimga tegishli «Monako» va «PSJ»».

«Sizlar Ibragimovich Fransiya chempionatini tark etganini uchun tashakkur aytishlari lozim», — Mourino so‘zlaridan iqtibos keltirdi le10sport nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.