Янгиликлар /

Kyusik «Siti» da «Yunayted» ga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Siti» jamoasining akademiyasi tizimida ish olib borgan Ronni Kyusik endilikda «Manchester Yunayted» da faolyat yuritadi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Ronni Kyusik o‘zining hamkasblari Deyv Xarrison va Lindon Tomlinson kabi «Siti» dagi faoliyatini yakunlab, «Manchester Yunayted» Akademiyasi tizimida 2017 yil yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab ish olib boradi.

Kyusik 2016 yil boshlarida «Rochdeyla» dan Manchesterda boshlagan edi va uning asosiy vazifasi Angliya shimoliy-g‘arbidan iqtidorli yshlarni topishdan iborat bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, mutaxassis  «Manchester Yunayted» da ham xuddi shu lavozimda faoliyat olib boradi.

Avval xabar berib o‘tilgandek, «Siti» akademiyasi tizimida faoliyat olib borgan Xarrison va Tomlinson noyabr oyida «Manchester Yunayted»  da skaut sifatida ish olib borishlari aytib o‘tilgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.