Янгиликлар /

Mourino: Himoyachi kerak emas

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino yanvardagi transfer vaqtida jamoa himoya chizig‘ini yanada kuchaytirish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi.

OAV lar tomonidan so‘ngi vaqtlarda «Benfika» himoyachisii Viktor Lindelef va «Sautgempton» himoyachisi Joze Fonte «qizil iblislar» safiga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Jozega transfer vaqtida himoyachi izlaysizmi degan savolga u quyidagicha javob berdi.

«Yo‘q, Bayini kutaman. Men ishonamanki, bu uchlik(Smolling, Jons va Roxo) bizni kutayotgan sakkiz uchrpshuvda vaziyatni nazorat qila olishadi. Biz bu uch futbolchidan galma gal foydalanamiz. Shuningdek, bizda Blind ham bor, u ham majburiy holatda to‘rtinchi himoyachi sifatida o‘ynashi mumkin. Va albatta Maykl Karrik bor, shunday ekan vaziyatni ko‘ramiz», — deydi Joze Mourino.

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.