Янгиликлар /

Sky Sports: «Everton» kelishuvga erishdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Morgan Shnayderlini «Everton» jamoasiga o‘tishi borasida kelishuvga erishdi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Fransuz yarim himoyachisi «Gudison Park» ga o‘tishi uchun jamoa 22 mln. funt to‘lashi zarur bo‘ladi.

Ushbu haftada Shnayderlin tibbiy ko‘rikdan o‘tib Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa safiga qo‘shiladi. Morgan «Old Trafford» ga tashrif buyurishidan avval «Sautgempton» jamosida Ronald Kuman qo‘l ostida to‘p surgan.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi «Manchester Yunayted» safiga 2015 yil yozida kelib qo‘shilgan, jamoa u uchun «Sautgempton» jamoasi 24 mln. funt mablg‘ to‘lagan edi. Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lib tayinlangach Shnayderlin o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi va shu sabab «qizil iblislar» futbolchini sotishga qaror qilishdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.