Янгиликлар /

Mourino: Marsiyal bilan muammo yo‘q

Мақола нашр қилинди

Joze Mourinoning «MYu» hujumchisi Antoni Marsiyal haqidagi fikrlaridan keyin, The Times nashri yangi xabarlar oqimini boshlab yubordi.

Gap shundaki, hujumchi so‘nggi ikki o‘yinda zayavkadan chetda qolgach, jurnalistlar bu holat haqida murabbiydan so‘rashganida, Joze shunday javob bergandi:

«Marsiyal bilan oramizda muammo yo‘q. U o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo bu vaqtda asosiy tarkibdagi o‘rnini to‘liq egallay ololmadi. Bizda hozir ikki pozitsiyaga 5 futbolchi bor – Mxitaryan, Mata, Marsiyal, Reshford va Lingard. Biriga ko‘proq e’tibor berish hisobiga, boshqasini e’tiborsiz qoldira olmayman. Har doim o‘zini ko‘rsatib, isbotlay olgan futbolchi qoladi, boshqasi bilan xayrlashamiz».

Bu fikrlardan keyin, go‘yoki frnatsiyalik hujumchining Mourinodan xafa bo‘lgani haqida The Times ma’lumot berdi. Ammo xuddi Lyuk Shou va Genrix Mxitaryan bilan bo‘lganidek, vaziyat butunlay boshqacha yakun topishi va yuqoridagi fikrlar shunchaki, Mourinoning tarbiyaviy uslubi bo‘lishi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.