Янгиликлар /

Runi: Angliyaning Erik Kantonasi bo‘lmoqchiman

Мақола нашр қилинди

Bir paytlar Erik Kantona «Manchester Yunayted»da yosh o‘yinchilarni oldinga harakat qilishga undab ruhlantirgani singari Ueyn Runi ham Angliya terma jamoasida xuddi shu ishni qilishni xohlayotganligin aytib o‘tdi.

«O‘ylaymanki, men o‘zimni katta o‘yinchi sifatida ko‘rsatadigan paytim keldi, shunday ekan, men endi terma jamoani maʼlum bir maʼnoda boshqarishim kerak.

Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz ham sovrinlarni yutamiz va siz meni tabriklaysiz. Bu narsa barcha uchun juda yaxshi bo‘ladi.

Mening o‘zimni katta futbolchi sifatida tutishim aynan hozir juda muxim, chunki jamoada yosh o‘yinchilar ko‘p. Men ular bilan gaplashishga, o‘z maslahatlarimni berishga harakat qilishim kerak.

Fergyuson «Manchester Yunayted»dagi yoshlarga Erik Kantonaning qanday taʼsir ko‘rsatganligini doim gapiradi. Bu narsa mening ham yodimda va men ham shunday bo‘lmoqchiman. Yoshlarning o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyish qilishlariga yordam beraman.

Agar terma jamoadagi o‘yinlarimga qarab haqiqatni aytadigan bo‘lsam, rostdan ham Angliya tarkibida klubdagidek o‘ynay olmaganman. Endi esa yanada yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman, o‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsataman.

Men yaxshi o‘ynab kubokni o‘zim yutaman demoqchi emasman. Buning uchun biz butun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz lozim», — deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.