Янгиликлар /

Mourino: Men – ikonaga o‘xshayman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Omadli odamlar — o‘zi bilan murosa qila olgan kishilardir. Qaysidir ma’noda men – ikonaga o‘xshayman, garchi ikona bo‘lmasamda. Men – shu ma’noda ikonamanki, o‘zimni juda erkin his qilaman. Men uchun eng yaxshi konsepsiya – ikona bo‘lishdir. Men odamlar nima deyishi va nima o‘ylashi haqida qayg‘urmayman. Men faqat o‘zimni o‘ylayman va har qanday vaziyatga tayyor turaman.

Meni dunyoning to‘rt tomonida ham tan olishgan, dunyoning har qaysi burchagidagi stadionda muxlislar men haqimda bilishadi. Ularning menga nisbatan munosabati turlicha: ular meni haqoratlashlari yoki meni alqab qo‘shiq kuylashlari mumkin. Men qayerga borsam ular men bilan salomlashishga intilishadi – men esa ularning qo‘lini siqib, ular bilan suratga tushib, ularni baxtiyor qilaman.

Men muxlislar og‘ushida o‘zimni juda yaxshi his qilaman. O’yin vaqtida meni yoqtirmasliklari, mendan yoki jamoamdan qo‘rqishlari mumkin. Ammo o‘yingacha va o‘yindan keyin ularning menga munosabati hamisha yaxshi bo‘ladi», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan GQ.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.