Янгиликлар /

Rahbariyati De Xeaning maoshini oshirmoqchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa darvozaboni David de Xeaning yozgi transferlar vaqtida «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi.

Daily Star xabariga ko‘ra, bu ehtimoliy tranmferning oldini olish va ispaniyalik darvozabonning vataniga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «qizil iblislar» ushbu futbolchining maoshini oshirib bermoqchi — haftasiga 300 ming funt sterling.

Bundan oldinroq, «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu darvozabonning transferiga qarshi chiqqandi. De Xeaning o‘zi esa bu boradagi xabarlarga munosabat bildirishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi 2015 yilning yozida Madridga kelishi mumkin bo‘lgandi. Ammo oxirgi daqiqalarda bu transfer barbod bo‘lgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.