Янгиликлар /

UEFA «Sent-Etyen» ga nisbatan ish ochdi

Мақола нашр қилинди

UEFA tartib intizom qo‘mitasi «Sent-Etyen» jamoasiga nisbatan «Manchester Yunayted» ga qarshi kechgan o‘yinda muhlislar tomonidan ko‘rsatilan tartibsizliklar uchun maxsus ish ochdi.

Komissiya UEFA tartib intizom kodeksining 16 (2) moddasi buzulganligini e’lon qilgan:

— Pirotexnika moddalaridan foydalanish;

— Buyumlarni uloqtirish;

— Muhlislarga nisbatan hurmatsizlik qilish;

UEFA tartib intizom qo‘mitasi va joylarda etiket olib borilishi hamda boshqarilishi qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha 2017 yil 23 martda hukm chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, «Old Trafford» ning mehmonlar joylashgan sektorida «Sent-Etyen» muhlislari katta miqdorda pirotexnik vositalaridan foydalanshgan va buning oqibatida birinchi bo‘lim boshida stadion tutun bilan qoplangan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.