Янгиликлар /

Mourino: Taqvim ajoyib tuzilgan

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya kubogi taqvimini tuzib chiqqan futbol assotsiatsiyasidan (FA) norozi bo‘ldi.

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» ishtirokidagi chorak final uchrashuvi Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanmasdan oldin yevrokuboklar bo‘ladigan haftaning dushanba kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

«Yevropa ligasi qur’asi tashlanguniga qadar bunday qarorga kelinganidan hayratdaman, chunki hozir nimchorak finalda kim bilan o‘ynashimiz va uchrashuv qayerda kechishini hech kim bilmaydi».

«Tasavvur qiling, «Chelsi»ga qarshi uchrashuvimiz dushanba kuni, YEL uchrashuvini o‘tkazish uchun Gresiya, Rossiya yoki Turkiyaga borishimiz mumkin.O‘ylashimcha taqvimni tuzib chiqayotganlar uchun ingliz klublari va ingliz futbolining manfaatlari qiziqtirmaydi. Ularni bu o‘ylantirayotgani ham yo‘q».

«Men «Chelsi»ga qarshi xuddi o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» (bosh murabbiyi Manuel Pellegrini) yoshlar tarkibini tushirib yuborgani kabi bu ishni qila olmayman. Buni o‘zimga ep ko‘rmayman, sababi biz «Manchester Yunayted»miz.Angliya kubogiga munosabatim sabab ham bu ishni qilmayman, sababi tashkilotchilikning bu kabi qarorlari uchun turnir aybdor emas», — degan Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Yevropa ligasining 1/8 final uchrashuvlari 9 va 16 mart kunlariga mo‘ljallangan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.