Янгиликлар /

Nistelroy: Barini mayda detallar hal qiladi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» va «Real»ning sobiq futbolchisi Rud van Nistelroy ikki klubningChempionlar ligasi 1/8 finalidagi uchrashuvi haqida fikrlari bilano‘rtoqlashdi.

«Ushbu bellashuvda favorit yo‘q. Men uchun KrishtianuRonaldu va Robin van Persi o‘yini muhim ahamiyatga ega. Ulardan biri jamoasigamuvaffaqiyat keltiradi.

Barini mayda detallar hal qiladi deb o‘ylayman. Ikkala jamoaham hujumda kuchli o‘ynashadi.

«Real» so‘nggi vaqtlarda yaxshi o‘ynamoqda. «Granada» bilanuchrashuvni hisobga olmaganda, ajoyib jamoa. Madridlkilar «Barselona» bilankubok o‘yinida ham munostib qarshilik ko‘rsata olishdi.

«Real»ning Chempionlar ligasida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi, «ManchesterYunayted»nikidan kuchliroq», – deya van Nistelroy so‘zlarini keltiradi Goal.comva Marca nashrlari
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.