Янгиликлар /

«Yunayted» futbolchilari terma jamoalarda

Мақола нашр қилинди

Denny Uelbek kecha Angliya terma jamoasining joniga oro kirdi desak adashmaymiz.

Angliya hamda Ukraina termalari o‘rtasida o‘yinning ikkinchi bo‘limida Denny jamaodoshi Tom Kleverli ning o‘rniga maydonga tushdi va uchrashuv yakunida jamoasiga penalti ishlab berdi. Penaltinini Lempard darvoza markaziga yo‘llab golga aylantirdi. Ungacha esa aynan Frenk Kleverlini qulay vaziyatlarga chiqardi. Birida to‘p ustunning yonginasidan o‘tib ketgan bo‘lsa, keyingi epizodda Tom darvoza to‘sinini zir titratdi.

Maykl Kerrik ushbu o‘yinda zaxirada qoldi. Endilikda «Yunayted» yana bir hujumchisi uchun qayg‘urmoqda. Gollandiya hamda Vengriya (4-1) o‘rtasidagi o‘yinning tanaffuzida Robin Van Persi almashtirildi.

Bosh murabbiy Lui Van Galning taʼkidlashicha, u Robinni jarohat olganligi uchun almashtirgan ekan. Shuningdek, Patris Evra ham Fransiya termasi safida Belorussiya termasiga qarshi maydonda harakatlandi va o‘yinda fransuzlar 3-1 hisobda zafar quchishdi. Nani Portugaliyaning Ozarbayjonga qarshi o‘yinida maydonga tushdi. Hisob 3-1 portugallar foydasiga.

Shuningdek, Jonny Evans ham Shimoliy Irlandiya markaziy himoyasini qo‘riqladi va uning termasi guruh autsayderi Lyuksenburg bilan 1-1 qayd etdi. Evans va Evra 90 daqiqa harakatlanishdi. Nani esa 76-daqiqada almashtirildi.

Xavier Ernandez Meksika terma jamoasidagi yagona kuchli zarbasini golga aylantirdi va Kosta Rika mag‘lubiyatga uchratildi. Ekvador va Urugvay o‘rtasidagi o‘yin Antonio Valensia uchun omadsiz kechdi. Futbolchi 90-daqiqada ikkinchi sariq kartochka bois maydondan chetlashtirildi. Endilikda Valensia jamoasining oktabrdagi o‘yinida ishtirok etmaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.