Янгиликлар /

Rio: «Stemford Bridj»ni zabt etamiz

Мақола нашр қилинди

Angliyalik himoyachimizning ta’kidlashicha, «Yunayted» «Chelsi» bilan uchrashuvda,raqib gol kiritishidan ancha oldin intrigani o‘ldirishga urinishi juda muhim bo‘lganekan.

Rio Ferdinandning ta’kidlashicha, uning jamoasi kecha «Chelsi»ga o‘yin tizgininio‘z qo‘liga olishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘lgan ekan: «Biz natijadan hayratdamiz,ayniqsa ajoyib o‘tkazgan birinchi bo‘limimizdan so‘ng. Biz uchrashuvdagi intriganiancha oldin o‘ldirishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda biz ularga hali imkoniyatbor ekanligiga umid berdik», — deydi markaziy himoyachi.

«David ajoyib seyvni amalga oshirdi va bizni Angliya Kubogida qolishimizgaimkoniyat yaratib berdi. Biz g‘olib kim ekani haqidagi savolga birinchi bo‘limdayaxshiroq javob bermog‘imiz lozim edi. Birinchi bo‘limdagi hujumdagi ajoyib o‘yinimizniyakuniy hisobni nazarda tutib hech kim gapirmayotgani alam qiladi. Biz yaxshi futbolnamoyish etdik, biroq ba’zi vaziyatlar bundan mustasno. Biroq siz ba’zi vaziyatlardaxatolar uchun katta jarima to‘laysiz. Bugun aynan shunday bo‘ldi».

«O‘ylaymanki, bizning yigitlarning charchog‘ini sizham sezdingiz. Ochiq o‘yin boshlanib ketganda, bizning charchoq ko‘rinib qoldi.Biroq bu o‘zimizni oqlashga sabab bo‘la olmaydi. O‘yinni biz g‘alaba bilan tugatmog‘imizshart edi. Biz hamon Angliya Kubogidamiz, «Uembli»da ishtirok etish uchun «Yunayted»ningva «Chelsi»ning imkoniyatlari teng. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Bizda «StemfordBridj»da g‘olib bo‘lish uchun barcha narsa bor. Biz bu mavsum u yerda to‘p surdikva yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Hozirda bizning tarkibda yig‘ilgan futbolchilar bilan,biz hech qanday raqibdan qo‘rqmaymiz»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.