Янгиликлар /

Yang: Sovrinlar uchun kelganman

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» klubi angliyalik vingeri mavsum so‘nggida jamoasi bir necha o‘nyillar davomida o‘zida shakillantirgan g‘oliblik hislati katta yordam berishinibildirdi.

Yaqindagina jarohatidan qutilgan Eshli Yang jamoasida bu mavsumni major notadayakunlashi mumkin ekaniga sha’ma qildi: «Qachon jarohat olsangiz, bor e’tiboringiztarkibga qaytishga qaratiladi. Bu mavsum men bir necha bora jarohat oldim. Bu menuchun kutilmagan hol bo‘ldi, biroq hozir yaxshi formadaman», — deydi Eshli Yang.

«Men bu klubga sovrinlar uchun kelganman. Men haqiqatdan buni juda istayman.Umid qilamanki, biz mavsum so‘nggiga yaxshi formada boramiz. Siz «Yunayted»ga kelsangiz,to‘g‘ri ko‘zingiz sovrinlar turgan shkaflarga tushadi. Bu klub tug‘ma g‘oliblar jamoasi. Bosh murabbiyimiz harbir uchrashuvda g‘alaba qozonib, har bir sovrinni qo‘lga kiritishimiz kerak ekaniniuqtiradi».

«Biz g‘alabali seriyamizni qayta boshlashni istaymiz.Biz har bir o‘yinda g‘olib bo‘lishni istaymiz. G‘oliblik mentaliteti mashg‘ulotlardashakillanadi, aynan shu kuch bilan siz maydonga tushasiz. Bizning jamoamizda unchaham ko‘p futbolchilar «Uembli»da Kubok yariim finalida ishtirok etganlar yo‘q. Bujuda muhim narsa va bu holat biz uchun chaqiruv vazifasini o‘taydi»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.