Янгиликлар /

Smolling: Mavsumni omadli yakunlamoqchiman

Мақола нашр қилинди

Kris Smolling Angliya terma jamoasi asosiy tarkibidan o‘rin egallamoqchiekanini tan oldi.

Angliyalik himoyachimiz Joleon Leskott bilan San-Marinoga qarshi uchrashuvdamarkaziy himoya chizig‘ini tashkil qildi, endi bo‘lsa Chernogoriya bilan o‘yindau yana birinchi daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda: «O‘tgan mavsum shaxsiynatijalar taraflama omadli kelmadi, sababi meni jarohatlar bezovta qildi. «Suonsi»bilan o‘yinda men mushaklaridan jarohat oldim, keyin Yevro 2012ni o‘tkazib yubordim.Men termaga yozda qaytdim, u bilan birga shug‘ullanib yana jarohat oldim, shundanso‘ng faqat noyabrda maydonga qayta oldim holos», — deydi Kris Smolling.

«Biroq so‘nggi ikki oy men juda yaxshi sport formasiga kirib oldim, umidqilamanki bu sport formasini saqlab qola olaman. Bu men uchun ideal mavsum emas,biroq imkon boricha ko‘proq uchrashuvda maydonga tushishga umid qilaman. Hozirdao‘zimni yaxshi his qilmoqdaman va mavsumni omadli yakunlashni istayman».

«Senga ishonadigan odamlarning borligi ajoyib. Men uchun ular ser Aleks klubda va Roy Xodjson termada.Bu menda o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni uyg‘otadi. Men har bir o‘zimning imkoniyatimdanfoydalanishga urinib ko‘raman, shu sabab qanchauchrashuv ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. Murabbiy meni asosiy tarkibda ko‘rmoqchibo‘lsa men tayyorman. Seshanba kuni bizni katta o‘yinkutmoqda»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.