Янгиликлар /

Ueyn Runi : Biz bunga munosibmiz

Мақола нашр қилинди

Kecha «AstonVilla» ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng 2012-2013 yilgi mavsumda Angliya PremerLigasi chempionligini rasmiylashtirgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runio‘z fikrlarini bildirdi:

«Bu yil davomidagimehnatlarimiz mahsuli, biz bunga munosibmiz. Bugun biz o‘yinni juda tez boshladik,bugun fantastik o‘yin bo‘ldi va biz juda mamnunmiz. O‘tgan mavsumdagidek sovrinniboy berishdan keyin tiklanish qiyin. Lekin biz qattiq ter to‘kib ishimizni oxirigayetkazib qo‘ydik.

Murabbiydagi g‘alabaga bo‘lgan shijoat va g‘oliblik dunyoqarashi bizni ergashtirdi.O‘tgan mavsumda bizda ko‘plab yoshlar o‘ynagandi, ular hozirga kelib ancha yuksalishdi.Bu buyuk mavsum bo‘ldi va biz chempionlikka erishdik. Futbolni shuning uchun o‘ynaymiz– sovrinlar yutish uchun. Bundan xursandman»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.